Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolovni nokautga uchratmoqchi

Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolovni nokautga uchratmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonlik professional bokschi Ivan Dichko (13-0, 12 KO) “Vesti.kz” nashriga bergan intervyusida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sportchilar havaskor boksda to‘qnash kelgan. Janglarda Dichko to‘rt bora g‘alabani qo‘lga kiritgan. Qozog‘istonlik bokschining so‘zlariga ko‘ra, u professional boksdagi qobiliyatiga ham ishonadi.

“Albatta, Jalolov sezilarli yutuqlarga erishdi, u kuchayib ketdi, ammo uning ustidan qozongan g‘alabalarim texnika va taktikadagi ustunligim tufayli edi”, — deya ta’kidladi Dichko.

Qozog‘istonlik bokschi Jalolov uzun bo‘yli bokschilarga xos uzoq masofadan ishlashga asoslangan taktika qo‘llashini va bu, albatta, muvaffaqiyat keltirishini ta’kidladi.

“Jalolov — uzun bo‘yli bokschi, bu unga raqibini masofada ushlab turish imkonini beradi, bunda g‘ayritabiiy narsa yo‘q, bu baland bo‘yli bokschilar orasida odatiy hol”, — deya qo‘shimcha qildi Dichko.

Jalolov bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jangning ehtimoliy natijasi haqidagi savolga javob berar ekan, Dichko o‘zining g‘alabasiga ishonch bildirdi.

“Men bu jangda favorit bo‘lardim va balki nokaut bilan g‘alaba qozonishim ham mumkin”.

1980 yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori Viktor Demyanenko ham “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda qozog‘istonlik og‘ir vazndagi bokschi Ivan Dichko va O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Bahodir Jalolov o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

“Agar ularning jangi muxlislar uchun qiziqarli bo‘lsa, uni o‘tkazish kerak. Qolaversa, Jalolov faoliyatida uzoq tanaffuslar bor: u ham professional, ham havaskor boksda jang qiladi. Janggacha bokschilar qanday formada bo‘lishlari aniq emas. Bu qiziqarli jang bo‘lardi, lekin men Dichko ko‘proq jang o‘tkazishi va reyting ochkolarini qo‘lga kiritishi kerak, deb o‘ylayman”, — dedi Demyanenko.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida 92 kilogrammdan yuqori vazn toifasida oltin medalga asosiy da’vogarlardan biri sanaladi.

Qozon (Rossiya) shahrida bo‘lib o‘tgan BRICS o‘yinlarida Bahodir Jalolov g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:00, 27.06.2024.
O'qildi: 15791 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.