Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" UYEFA bilan muzokaralar olib bormoqda

"Barselona" UYEFA bilan muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi UEFA bilan federasiya qoidalarining bir bandi bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Jurnalist Ferran Korreaning so‘zlariga ko‘ra, “Barselona” Chempionlar ligasi guruh bosqichining uy uchrashuvlarini ikki xil stadionda o‘tkazmoqchi va bu UEFA qoidalariga ko‘ra taqiqlangan. Manbaga ko‘ra, "Barsa" turnirni Montjuichda boshlamoqchi, ammo klub dekabr oyida o‘z uy stadioni "Kamp Nou"ga qaytishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, "Barselona" vaziyatga ijobiy munosabatda bo‘lib, UEFA klubni yarim yo‘lda kutib olishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 10:57, 30.06.2024.
O'qildi: 3519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик