Elliot Anderson "Nyukasl Yunayted"dan "Nottingem Forest"ga o‘tdi.
Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Nyukasl" 21 yoshli yarim himoyachi uchun 35 million funt oladi. Savdo "qarg‘alar"ga moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilishlari uchun zarur.
Anderson tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng "Forest" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
"Nottingem" darvozaboni Odissias Vlaxodimos "Nyukasl"ga alohida shartnoma asosida qo‘shiladi.