Guram Kashiya Gruziya terma jamoasi Yevro-2024ni tark etganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
1/8 finalda gruzinlar Ispaniyaga imkoniyatni boy berishdi (1:4).
"Bu biz uchun ajoyib sarguzasht bo‘ldi. Biz erishgan narsalarimizdan juda faxrlanamiz.
Bugun biz kerakli natijaga erisha olmadik, lekin yakunda ilk yirik turnirimizda mamlakatimiz sharafini himoya qilganimizdan juda mamnunmiz", - dedi Gruziya terma jamoasi sardori.