Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionati 1/8 finalida Avstriyaga qarshi o‘yin oldidan 19 yoshli yarim himoyachi Arda Gyuler haqida gapirdi.
"Arda juda iqtidorli futbolchi. U yaxshilanishi kerak bo‘lgan sohalar bor, lekin uni o‘ynashdan to‘xtatib bo‘lmaydi. U maydonga tushganida farqni his qilasiz. Unga o‘xshagan futbolchi yo‘q. U yosh futbolchi, u qaysidir sohalarda o‘sishi kerak va u buni uddalaydi", - deya Montellaning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Avstriya terma jamoasi bilan o‘yin 2 iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.