Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

E’tiborga loyiq liga

E’tiborga loyiq liga

Baho:
+ | -

«Fenerbaxche» safarda «Galatasaroy»ni mag‘lub etib, muddatidan avval chempionga aylanish imkoniyatidan mahrum etgandi.

Natijada «Fener»ning yetakchiga aylanish imkoniyati yo‘q hisobida bo‘lsada, Turkiya Superligasidagi keskinlik so‘nggi turgacha saqlanib qoldi. Ha, mo‘’jiza yuz bermadi. «Fenerbaxche»ning sho‘rlik «Istanbulspor» darvozasiga urgan 6ta javobsiz goli vaziyatni o‘zgartira olmadi. Chunki «Galatasaroy» ham «Konyaspor» maydonidan ishonchli (3:1) g‘alaba bilan qaytdi va 102 ochko bilan g‘oliblikni rasmiylashtirdi.

Bir oz tatimagan  bayram

«Galatasaroy»ning 24-chempionligi baribir, avvalgilaridek yorqin bo‘lmadi. Qandaydir yo‘l bilan yaqinlashib olgan la’nati «Fenerbaxche» «Turk Telekom Arena»da g‘alabaga erishib, kayfiyatni buzdi. Biroq Okan Buruk jamoasi Osiyo sohilidagi ta’qibchisiga nisbatan g‘oliblikka haqliroq edi. Ya’ni, 38ta o‘yindan 33tasida g‘alaba qozondi, 10ta uchrashuvli g‘alabalar seriyasini qayd etdi, o‘z darvozasidan atigi 26ta to‘p o‘tkazib yubordi. 37 yoshli darvozabon Fernando Muslera klubdagi 13 mavsumidan qariyb eng yaxshisini o‘tkazdi. Ichki chempionatning sal kam 50 foizini Fernando (38tadan 17tasini) «quruq» o‘tkazdi. Himoyachi Abdulkarim Bardakchi mustahkam qo‘rg‘on maqomiga ko‘tarildi, himoyani betonlashdan tashqari, 4ta gol urishga ham ulgurdi.

Lekin bosh qahramon unvoni Mauro Ikardiga nasib etdi. Gap uning 25ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lganida emas, argentinalik snayper «Inter»da ham, «PSJ»da ham asosiy vaqtini rafiqasi Vanda Nara bilan orani ochiq qilishga sarf­lagandi. Istanbulda esa u bor e’tiborini futbolga qaratdi va turkiyalik muxlislar yoqimtoyiga aylandi.

O‘zining sermahsul o‘yinlari uchun Mauro birinchi nav­batda uni to‘p bilan ta’minlayotgan Dris Mertensdan minnatdor bo‘lishi kerak. Belgiyalik futbolchi 16ta assistni amalga oshirdi va o‘zi gol urishni ham unutmadi. Karim Akturkoglu (12), Barish Yilmaz (7) va Vilfred Zaxa (9) ham risoladagidek sermahsullikni namoyish etishmoqda. «Chelsi»dan ijaraga olingan Hakim Ziyesh muntazam maydonga tushmaganiga qaramasdan (18ta o‘yin), 6 marta raqiblarini ranjitishga ulgurdi.

Chempionlik kechikmoqda

«Fenerbaxche» 10 yildan beri shohsupaga ko‘tarila olmayapti. Shu davr ichida «Beshiktosh», «Trabzonspor», «Bashakshahir» va «Galatasaroy» chempion bo‘lishdi. 19 sovrinni qo‘lga kiritgan «Fener» esa o‘z kolleksiyasini yubiley sovrin bilan boyitishni kechiktirib yubormoqda. Vaholanki, avvalgi mavsumda tarkibni kuchaytirish uchun turk futbolidagi rekord mabag‘ - 60 mln. yevroni sarflagandi.

Pullar havoga sovurildi, deya olmaymiz. Jamoa xuddi asosiy raqobatchisi kabi qatorasiga 10ta uchrashuvda g‘alaba qozondi, hammadan ko‘proq gol urdi va atigi bir marta mag‘lub bo‘ldi. Edin Jeko va Mishi Batshuayi sermahsul to‘p surishdi, Dushan Tadich yetakchiligida markaz ham risoladagidek o‘yin ko‘rsatdi. Lekin bir nechta alamli duranglar sovrinni Bosforning qarama,qarshi sohiliga oqizib yubordi.

Hozir Turkiyada bir qator noo‘rin o‘zgarishlarni amalga oshirgan klub prezidenti Ali Kochni keskin tanqid qilishmoqda. Axir uning Superkubok uchrashuviga o‘rinbosarlar jamoasini maydonga tushirishini qanday tushunish mumkin? Mavsum yakunida Koch navbatdagi antiqa qarorni qabul qildi - Joze Mourinyoni olib kelish maqsadida bosh murabbiy Ismoil Kartalni lavozimidan chetlatdi. Portugaliyalik mutaxassisga yangi futbolchilar xaridi uchun 80 mln. yevro va’da qilishmoqda. Biroq mashhur murabbiyning tashrifi mukammal darajada shakllangan jamoaga putur yetkazmaydimi?

«Qora burgutlar»ning sust parvozi

Turk futbolining 3-grandi bo‘lgan «Beshiktosh» marraga 6-o‘rinda yetib keldi. U nafaqat odatiy raqobatchilar, balki o‘rtamiyona hamshahri bo‘lgan «Qosimposho»ni ham o‘tkazib yubordi. Yakunda YEL yo‘llanmasini naqd qilgan Turkiya Kubogi «Qora burgutlar»ga bir oz tasalli bo‘ldi.

«Bashakshehir» klubi mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz (6ta o‘yinda 5ta mag‘lubiyat) boshlab, jarvalda hamshahri «Istanbulspor»ga qo‘shni bo‘lib olgach, 44 yoshli Emre Belezoglu iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini «Kayserispor»da ishlagan tengdoshi Emre Chagdash egalladi. Bu o‘zgarishda mutasaddilar nishonga aniq urishgandi - «Bashakshehir» mavsumni 4-o‘rinda yakunladi. Emre Belezoglu esa «Ankaragyujyu»ga o‘tib, jamoani quyi divizionga ravona qildi. Yangi mavsumda Superligada poytaxt jamoasi bo‘lmaydi.

Istanbul shahrining vakillari ham kamaydi. «Fotih Qoragmyuryuk», «Pendikspor» va «Istanbulspor» elitani tark etishdi, «Eyyupspor» esa elitaga ko‘tarildi. Uning yonida «Galatasaroy», «Fenerbaxche», «Bashakshehir», «Qosimposho» va «Beshiktosh» klublari to‘p surishadi. Darvoqe, «Qosimposho» va «Beshiktosh» bir xil ochko jam­g‘arishdi. Lekin o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik evaziga «Qosimposho» 5-o‘rinni band etdi. «Beshiktosh» esa mamlakat kubogini qo‘lga kiritgani sababli, YEL yo‘llanmasini «Qosimposhsho»dan tortib oldi. Xullas, yangi mavsumda «Rajab Toyyib Erdo‘g‘on» stadioni yevrokubok musobaqalaridan chetda qoladigan bo‘ldi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 02.07.2024.
O'qildi: 579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.