Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Server Jeparov: «Barcha futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, deb ayta olmayman»

Server Jeparov: «Barcha futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, deb ayta olmayman»

Baho:
+ | -

«Olimpik» – «Andijon» (0:1) bahsidan keyin mezbonlar murabbiyi Server Jeparov quyidagicha fikr bildirdi:

- O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Albatta, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Chunki ikkinchi taymda raqibga nisbatan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik. Birinchi bo‘limda nima uchun o‘yinimiz qovushmadi? Chunki havo harorati ancha issiq edi. Barcha futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, deb ayta olmayman. Kimdir yaxshi, kimdir yaxshi o‘ynay olmadi. Birinchi taymdan keyin o‘yini chiqmayotgan yigitlar bilan jiddiy gaplashib olgandik. Ikkinchi bo‘limda esa ular o‘yinini kuchaytirdilar. Barcha yigitlarga minnatdorchiligimni bildiraman. Futbolchilar chin yurakdan o‘ynab xohlasa, natija ko‘rsatish mumkin.

- Timur Mamasiddiqovning holati qanday?

- Timurni anchadan beri jarohati bezovta qilib kelyapti. Tiklanishi uchun vaqt kamlik qilyapti. Menimcha, safga qaytishi uchun yana vaqt talab qilinadi, shekilli. Jarohati bilan o‘ynash ancha qiyin. Avvalo sog‘ayishi lozim, shundan so‘ng maydonda yaxshi o‘ynay olishi mumkin.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 00:02, 05.07.2024.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик