Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bernardu Silva: "Ronalduning yig‘lashi normal holat"

Bernardu Silva: "Ronalduning yig‘lashi normal holat"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva Yevro-2024 1/8 finalida Sloveniyaga qarshi o‘yindan (0:0, 3:0) keyin Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. Ushbu uchrashuvning qo‘shimcha bo‘limida Ronaldu penaltini noaniq amalga oshirdi.

105-daqiqada Portugaliya penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Ronaldu darvoza burchagiga zarba berdi, ammo 39 yoshli futbolchining zarbasini Yan Oblak qaytardi. Oradan ko‘p o‘tmay, tanaffus hushtagi chalindi, bu vaqtda Krishtianu yig‘lay boshladi va jamoadoshlari uni yupatishlariga to‘g‘ri keldi.

"Krishtianuga kelsak, biz hammamiz insonmiz va u penaltini amalga oshira olmaganida o‘z his-tuyg‘ularini boshqara olmay qoldi. Bu butunlay qabul qilinadi. U jamoaga yordam berishni xohladi va o‘sha paytda ko‘proq narsani qilish mumkinligini his qildi. Menimcha, bu juda yaxshi zarba bo‘ldi va Oblak ajoyib seyv amalga oshirdi.

Keyin Krishtianu biroz yig‘ladi, bu normal holat, chunki odamlar ba’zida hissiyotlarni shunday ko‘rsatishadi. Shuning uchun men buni bunday muhokama qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman" - dedi Silva matbuot anjumanida.

Bugun, 5 iyul kuni Portugaliya terma jamoasi Yevro-2024 chorak finalida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Kiritildi: 14:28, 05.07.2024.
O'qildi: 3408 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.