Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Tom ma’nodagi terma jamoa

Tom ma’nodagi terma jamoa

Baho:
+ | -

Tobora avjiga chiqib borayotgan Yevro-2024 Albaniya terma jamoasi tarixidagi ikkinchi yirik musobaqa - bundan avval jamoa 2016 yilda Fransiyadagi musobaqada ishtirok etgandi.

O‘shanda terma jamoaning italiyalik bosh murabbiyi Janni De Byazi va hozirgi braziliyalik Silvinolar bu yuksak ko‘rsatkich uchun mamlakatning oliy mukofotiga sazovor bo‘lishdi: ularga Albaniya fuqarosi faxriy unvoni berildi. Fransiyada albanlar uzoqqa bora olmadilar: 1ta g‘alaba va 2ta mag‘lubiyat bilan turnirni guruh bosqichida yakunladilar. Biroq shuning o‘zi ham ilk bor yirik musobaqada qatnashayotgan mamlakat uchun ulkan muvaffaqiyat va futbol rivoji uchun jiddiy turtki bo‘lgandi.

Keyingi qita birinchiligiga jamoa saralashdan chiqa olmagan bo‘lsada, mutasaddilar terma jamoani kuchaytirishga zo‘r berishdi. 2023 yilda Roberto Manchini bilan Italiya terma jamoasida ishlagan braziliyalik Silvinyo bosh murabbiy etib tayinlandi. Silvinyo o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, Albaniyani Yevro-2024 turniriga olib chiqdi.

Ochig‘i, ikkinchi yirik musobaqada ham guruh bosqichi borasida omad Albaniyadan yuz o‘girdi: Fransiyada jamoa musobaqa mezbonlari, Shveysariya va Ruminiyaga qarshi maydonga tushgandi, hozirgi raqiblar yanada kuchliroq - Xorvatiya, Italiya va Ispaniya. Biroq startda Italiya bilan kuch sinashgan albanlar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi, lekin Nadim Bayramining 23-soniyadagi goli evaziga futbol tarixidan joy olishdi. Bu Yevropa chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol edi. Ikkinchi bellashuvda jamoa Xorvatiyadan 2ta gol qabul qilgan bo‘lsada, qo‘shimcha vaqtda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi!

Aholisi 3 mln.ga yetmagan jajji mamlakat uchun - ulkan muvaffaqiyat. Qo‘shimchasiga, bungacha amalga oshirilgan uzoq yillik sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. Mutaxassislar ajdodlari albaniyalik bo‘lgan barcha futbolchilar bilan tanishishlari natijasida terma jamoada yangi o‘yinchilar paydo bo‘lishdi.

Silvinyoning ish kuni ofisdagi qisqa nonushtadan boshlanib, terma jamoaga jalb etish mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni o‘rganish bilan davom etadi. Murabbiy Marko Rossi (yo‘q, Vengriya bosh murabbiyi emas) rahbariligidagi tahlilchilar ma’lumotlarini diqqat bilan o‘rganib chiqqan va turli shaharlardagi futbolchilar bilan tanishish uchun shaxsan o‘zi parvoz qilgandi.

To‘g‘ri, har bir terma jamoaning murabbiyi o‘z shogirdlari bilan muloqot qiladi, ularning o‘yinlarini kuzatadi va keyin bir qarorga keladi. Biroq Silvinyoga Albaniya tashqarisidagi mamlakatlardan yuzlab futbolchilarni  topish vazifasi topshirilgandi.       

Albaniya - 2,8 mln. aholilik mamlakat. 8,5 milliondan ko‘proq etnik albanlar bosh­qa mamlakatlarda, hatto olis AQSH, Kanada va Avstraliyada yashaydilar. Kommunizm davridan keyin fuqarolarning 40 foizi, 90-yillardagi Bolqon urushidan keyin yana minglab albanlar boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketishgan. Terma jamoaning asosiy futbolchilari alban oilalarida, lekin o‘zga yurtlarda tavallud topishgan va o‘sha yerda futbol sirlarini o‘rganishgan.

Yevro-2024 turnirida qatnashayotgan Albaniya - o‘ta internasional jamoa. Barcha futbolchilar bir tilda gaplasha olmaydilar. Tarkibdagi 26 nafar o‘yinchining atigi 8 nafari Albaniyada tug‘ilgan, qolganlari boshqa yurtlarda:

  •  Shveysariya - 5 nafar;
  •  Kosovo - 3;
  •  Shimoliy Makedoniya - 3;
  •  Germaniya - 2;
  •  Gresiya - 2;
  •  Angliya - 1;
  •  Ispaniya - 1;
  •  Italiya - 1.

Silvinyoning asosiy topilmasi sifatida Janubiy Koreyaning «Kvanju» klubida o‘ynaydigan Yosir Asanini e’tirof etish mumkin. Hujumchi Shimoliy Makedoniyada etnik albanlar oilasida dunyoga kelgan, lekin terma jamoaga jalb etilmagandi. Shu sababli, braziliyalik murabbiy tavsiyasiga binoan, uni Albaniya terma jamoasiga taklif etishdi. Buni qarangki, Asani o‘ta qisqa vaqt ichida tarkibga moslashib oldi.

«Rubin»da to‘p suradigan Mirlind Daku esa Kosovoda tug‘ilib, yoshlar va asosiy terma jamoada o‘ynashga ulgurgandi. Lekin 2023 yilda Silvinyo jamoasi safiga o‘tdi. «Lokomotiv»dagi Mario Mitay Gresiyada tug‘ilib, 16 yoshlilar jamoasidan chorlov olgandi. Biroq 2019 yilda o‘z milliy jamoasida o‘ynashga qaror qildi.

Navbatdagi kashfiyot - Taulyant Seferi, Shimoliy Makedoniyada dunyoga kelib, 17 yoshidan terma jamoa, keyinchalik asosiy jamoada o‘ynadi, 2019 yilda Silvinyo jamoasidan joy oldi. Angliyadan Armando Broyuni topishdi - «tumanli o‘lka»da tug‘ilgan yigit futbol sirlarini «Tottenxem» akademiyasida o‘rgandi, keyin «Chelsi» yoshlar jamoasida to‘p surdi. 2019 yildan boshlab, futbolchi Albaniyaning 19 yoshlilar jamoasida davom ettirdi.

Boshqa bir noyob topilma - Rey Manayni Italiyada kashf etishdi. Lekin Silvinyoning izlanishlaridan ancha avvalroq: 2014 yilda u ilk marta Albaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida maydonga tushgandi.

Nihoyat, so‘nggi ma’lumot - terma jamoa tarkibidagi 26 nafar futbolchining hammasi xorijiy mamlakatlar klublarida to‘p surishadi, 10 kishilik eng katta guruh Italiya klublari vakillaridir.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:00, 05.07.2024.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.