Portugaliyalik himoyachi Pepe Krishtianu Ronalduning quchoqlashiga o‘z munosabatini bildirdi.
Yevro-2024 chorak finalida Fransiyaga mag‘lub bo‘lganidan keyin (0:0, 3:5) Portugaliya terma jamoasi sardori Pepega yaqinlashib, unga tasalli berdi.
"Ronalduning quchog‘i... ha, bu ko‘p narsani anglatadi.
Hozir to‘g‘ri vaqt emas, chunki u juda og‘riyapti, biz birodarlardekmiz... va bu haqda keyinroq gaplashamiz", - dedi Pepe.