Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ektor Errera: «Har doim terma jamoamga eng yaxshi tilaklarni tilayman»

Ektor Errera: «Har doim terma jamoamga eng yaxshi tilaklarni tilayman»

Baho:
+ | -

Tixuanada tug‘ilgan Ektor Errera «uchranglilar» so‘nggi 3ta mundialda jamoasining asosiy tayanchi bo‘lgan.

Endi 34 yoshni urib qo‘ygan futbolchini ona yurti qabul qiladigan JCH-2026 yilda kuzatish qiziq bo‘lardi. Ha, Erreraning JCHda bir nechta sehrli, unutilmas lahzalarni yaratgan jamoa uchun ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Masalan, Rossiyada Germaniya termasi ustidan g‘alabada... «Portu» va «Atletiko Madrid»dagi shonli faoliyatidan keyin yarim himoyachi bugungi kunda «Xyuston Dinamo» bilan MLSda javlon urmoqda. Errera FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, unda JCH-2026ning 7 uchrashuvini qabul qiladigan Xyustonda mehmondo‘st uy topganini va 2 yildan so‘ng Texasning ushbu shahriga tashrif buyuruvchilarga o‘zlari bilan ehtiroslarini olib kelishlari kerakligini aytdi.

- JCHning Meksikaga qaytishi haqida nima deya olasiz?

- Mamlakatimizda, shuningdek, shu yerda yashayotganimni hisobga olsak, AQSHda jahon chempionati kabi muhim tadbirni o‘tkazish men uchun katta sharaf.

- Jahon chempionatlaridan qaysi xotiralar sizga ko‘proq yoqadi?

- Sevimli xotiralarim asosan men o‘ynagan mundiallar bilan bog‘liq. 2014 yildagi ilk jahon chempionatim va o‘sha paytda qanday o‘ynaganim men uchun faoliyatimdagi eng o‘ziga xosi. Haqiqat shundaki, siz nimani bo‘lmasin, birinchisini hech qachon unutmaysiz.

- Debyutingizdagi his-tuyg‘ularingizni tasvirlab bera olasizmi?

- Bu his-tuyg‘ularni tasvirlash uchun so‘zni topish qiyin, chunki menda bolaligimdan beri minglab his-tuyg‘ular va orzular haqiqatga aylandi. Bu sizning mamlakatingizni namoyish etish uchun katta imtiyoz va katta mas’uliyatdir, keyin siz kulishni, yig‘lashni, hamma narsa qilishni xohlaysiz.

- Braziliya-2014 mundialidagi Meksika terma jamoasidan nimani eslaysiz?

- Bizda bo‘lgan birlik va quvonchni. Biz birga hazillashdik, sport zaliga bordik, hamma narsani birgalikda qildik. Jamoada juda katta energiya bor edi va menimcha, bu maydonda yaqqol ko‘rinardi. Biz juda yaxshi o‘ynadik va juda muhim o‘yinda (chorak final) g‘olib chiqishga juda yaqin edik, lekin Niderlandiya kabi jahon darajasidagi terma jamoaga oxirigacha qarshilik qilolmadik. Bizning bu birligimizda murabbiyimiz «El Pioxo» (Migel) Errera bu birlik va quvonchda juda muhim rol o‘ynadi.

- Va u gollarni qanday nishonlagandi!

- O‘ylaymanki, agar siz jahon chempionatlarida ikkinchi eshelon murabbiylar tarixiga nazar tashlasangiz, u shunchaki mundialda qatnashishni orzu qilgan murabbiylar orasida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi. Uning bunday hissiyotli nishonlashlari butun dunyoga tarqaldi! (kuladi)

- JCH-2018da Germaniya termasi ustidan qozonilgan g‘alaba Meksikaning jahon chempionatlaridagi eng yaxshi o‘yinimi?

- Menimcha, Germaniyaga qarshi o‘yin men individual va jahon chempionati darajasida o‘ynagan eng yaxshi o‘yin bo‘lib qolmoqda. Biz jamoaviy, individual, mudofaa va hujumda ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Rejamiz juda yaxshi, mukammal ishlagandi.

- O‘sha o‘yinda g‘alaba qozonganingizdan keyin o‘zingizni qanday his qildingiz?

- Menimcha, jahon chempionati nuqtai nazaridan, bu Germaniyaning turnirlarda ishtirok etishi va jahon darajasidagi o‘yinchilar tarixini hisobga olgan holda katta syurpriz bo‘ldi. Men ularni turnir boshida emas, balki oxirida mag‘lub etishni afzal ko‘rardim. Jahon chempionatini shunday yuqori darajada boshlaganimiz bizga yordam bergan yoki zarar yetkazganiga ishonchim komil emas. O‘ylaymanki, biz hammamiz buni his qildik va barcha meksikalik buni nishonlash bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘lganimizdek his qilishdi. Bu biz uchun tarixiy voqea edi.

- To‘rtinchi jahon chempionatida o‘ynashga harakat qilayotganingizni tasavvur qila olasizmi?

- Albatta, men u yerga borishni xohlagan bo‘lardim. Yo‘q deya olmayman. Ammo faoliyatimning oxirida turganimni ham bilaman. Hozir ko‘pchilik futbolchilardan biroz kattaman, lekin umidimni hech qachon yo‘qotmayman va agar chaqiruv olsam, ajoyib bo‘lardi, aks holda Xyustondagi vaziyatimdan mamnun bo‘lib qolaveraman. Har doim, har qanday holatda terma jamoaga eng yaxshi tilaklarni tilayman, chunki bu mening mamlakatim. Uning bir a’zosi bo‘lganimda, men o‘yinchi edim, lekin hozir birinchi raqamli muxlisiman va ularning o‘yinini televizorda yoki stadionda tomosha qilishdan qat’i nazar, har doim imkon qadar qo‘llab-quvvatlayman.

- Xyustonda sizga nima ko‘proq yoqadi?

- Mutlaqo hamma narsa! Men bu shaharni, odamlarini va ularning munosabatlarini yaxshi ko‘raman. To‘g‘ri, bu yer biroz issiqroq, lekin bunday ob-havo menga yoqadi. Bu yerda siz qilishingiz kerak bo‘lgan ko‘p narsalar mavjud. Shuningdek, ancha tinch. Bu yerdagi odamlar futbol va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishadi va menimcha, bu eng o‘ziga xos narsa.

- Jahon chempionatini ko‘rgani keluvchilarga Xyuston haqida nima deysiz?

- Bizda har xil taomlarga ega restoranlar, juda chiroyli parklar bor. NASA juda yaqin va bu boshqa mamlakatlardan kelgan odamlar uchun juda qiziq. Va bu yerga kelishgandan so‘ng, ularga juda yaxshi munosabatda bo‘lishiga aminman. Bu yerdagi odamlar juda mehribon, muhmondo‘st, e’tiborli va mehmonlar o‘zlarini xuddi uylaridagidek his qilishadi, chunki Xyustonda juda ko‘p xilma-xillik mavjud.

- Jahon chempionati haqida allaqachon ajiotaj boshlangandir?

- Bu yerda odamlar jahon chempionati uchun aqldan ozishmoqda! Hamma o‘yinlardan juda xursand. Bu jahon chempionati, bu katta «ziyofat» va siz maydonda ham, uning tashqarisida ham zavqlanishingiz kerak. Jahon chempionati Xyustonga birinchi marta kelmoqda va bu yerga kelganlar barbekyudan bahramand bo‘lishlari kerak. Ular uyga biroz semirgan holda qaytishga tayyor bo‘lishlari yaxshiroqdir! (kuladi)

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 07.07.2024.
O'qildi: 981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.