Kirish Ro'yxatdan o'tish

Musiala "Bavariya"ga yangi kelgan Olise haqida gapirdi

Musiala "Bavariya"ga yangi kelgan Olise haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Jamol Musiala vinger Maykl Olisening klubga o‘tishi haqida fikr bildirdi. 22 yoshli fransiyalik futbolchi Angliyaning “Kristal Pelas” klubidan Bundesliga gigantiga o‘tib, 2029-yilgacha shartnoma imzoladi.

“Olise bilan “Chelsi” yoshlar jamoasida birga o‘ynaganmiz, bu yaxshi vaqt edi. O‘tgan yillar davomida ko‘p gaplashmadik, lekin aytishim mumkinki, u juda kuchli fazilatlarga ega. “Kristal Pelas” uchun qancha gol urganini ko‘rdingiz", - deydi Musiala.

Maykl Olise Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida "Kristal Pelas" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 09:00, 08.07.2024.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик