Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Rafinya "Barselona"dan ketmaydi

Rafinya "Barselona"dan ketmaydi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi vinger Rafinya Diasni klubni tark etishga ko‘ndira olmadi. Jurnalist Xoakim Pyeraning ma’lumotlariga ko‘ra, uning jamoadan ketish ehtimoli deyarli 0ga teng.

Manbaga ko‘ra, Rafinya o‘zining sobiq agenti, hozirda "Barselona" sport direktori Dekuga ushbu transfer oynasi vaqtida jamoani tark etish niyatida emasligini ma’lum qilgan. Braziliyalik futbolchi "Kamp Nou"da qolishni istamoqda, chunki u hozirgi jamoasida o‘zini baxtli his qilmoqda.

2022 yilning yozida Rafinya Angliyaning “Lids” klubidan 57 million yevro evaziga “Barselona”ga o‘tgan edi. Braziliyalik uchun kurashda "ko‘k-anorranglilar" Londonning “Chelsi” jamoasini mag‘lub etishgandi.

Kiritildi: 12:42, 08.07.2024.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик