Adriyen Rabyo Lamin Yamal bilan bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi.
Fransiya va Ispaniya terma jamoalari Yevro-2024 yarim finalida maydonga tushadi. Uchrashuv ertaga, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
“O‘ylaymanki, ular to‘p nazorati bo‘yicha turnirning eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi, ular butun maydonni qamrab oladigan fantastik vingerlar bilan.
Ularning afzalliklari juda ko‘p, ammo kamchiliklari ham bor. Biz ishonamiz va ularga qarshi nima qilishimiz kerakligini bilamiz.
Keling, ularni mag‘lub eta olamizmi, ko‘ramiz. Jamoalar Fransiyaga qarshi o‘ynaganda, ba’zida o‘yin uslubini o‘zgartiradilar, lekin har doim ham bir xil o‘yin ko‘rsatavermaydi. Bu ikki buyuk jamoa o‘rtasidagi ajoyib yarim final bo‘ladi.
O‘ylaymanki, Yamal stressga dosh bera oladigan va ko‘plab fazilatlarga ega futbolchi ekanligini ko‘rsatdi.
Shubhasiz, yarim finalda o‘ynash biroz qiyin bo‘lishi mumkin, ammo bu bosim o‘tkaza olishimizga bog‘liq.
Biz Lamin Yamalni o‘zining konfor zonasidan olib chiqmoqchimiz va agar u finalda o‘ynashni istasa, odatdagidan ko‘proq harakat qilishi kerak bo‘ladi", - dedi fransiyalik yarim himoyachi.