Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Kopa Amerika. Kolumbiya bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, Urugvayni mag‘lub etdi va finalga chiqdi

Kopa Amerika. Kolumbiya bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, Urugvayni mag‘lub etdi va finalga chiqdi

Baho:
+ | -

AQSHda davom etayotgan Amerika kubogining ikkinchi finalchisi nomi aniq bo‘ldi. Bugun final yo‘llanmasi uchun Uurgvay va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Bahsning 39-daqiqasida Xames Rodrigesning uzatmasidan keyin Lerma gol urdi va Kolumbiyani oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa kolumbiyalik himoyachi Daniel Munyos maydondan chetlatildi.

Urugvay esa ikkinchi bo‘limda bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Shu tariqa, Kopa Amerika finalida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Amerika kubogi, 1/2 final
Urugvay – Kolumbiya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 39 Lerma.
Urugvay – Rochet, Ximenes, Olivera (de Arraskaeta, 46), Kaseres, Bentankur (Varela, 34; Suares, 67), Valverde, de la Krus (Kanobbio, 90), Ugarte, Arauxo, Pelistri (Olivera, 46), Nunyes.
Kolumbiya – Vargas, Munyos, Sanches, Kuesta, Moxika, Xames (Kastanyo, 62), Lerma, Aryas (Aryas, 46), Rios (Uribe, 61), Dias (Sinisterra, 86), Kordoba (Mina, 75).
Ogohlantirishlar: de la Krus (26), Munyos (31), Xames (55), Varela (63), Ximenes (69), Kastanyo (90+6), Kuesta (90+7).
Chetlatish: Munyos (45+1).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:43, 11.07.2024.
O'qildi: 2105 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик