Niklas Zyule vazn tashlashga muvaffaq bo‘ldi.
Yozgi ta’tilda Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi 10 kilogrammga yaqin vazn yo‘qotdi, deb yozadi Sky Sports.
Kecha u klub joylashgan joyda mashg‘ulotlarni boshladi. Uning fotosurati klub ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi.
Avvalroq klub muxlislari Zyulening ortiqcha vazni tufayli norozilik bildirgandi.