Ispaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal “qizil furiya”dagi sherigi Rodri Ernandes bilan suhbati haqida gapirdi.
"Men unga har kuni aytamanki, Manchesterni tark eting, u yerda quyosh yo‘q va Madridga kel, chunki u bizga kerak. U menga shartnomasi borligini aytadi... Lekin u biz uchun mukammal transfer bo‘lardi", - deya Karvaxal so‘zlarini keltiradi COPE.