Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Surxon" endi Samarqandga "ko‘chdi"

"Surxon" endi Samarqandga "ko‘chdi"

Baho:
+ | -

Avvalroq "Surxon" klubi rahbariyati, Surxondaryo viloyat futbol assosiasiyasi vakillari va viloyatning qator tashkilotlari rahbarlari, Liga mutaxassislari "Surxon arena"da bo‘lib, uning 2024 yilgi mavsumda ishga tushirilishi masalasini muhokama qilgandi.

Ayni vaqtda klub rahbariyati "Surxon arena"ni pardozlash, unga VAR texnikasini olib kelish ustida ish olib bormoqda. O‘z navbatida Liga 2024 yilgi mavsumning o‘zida bir nechta uchrashuvni Termizda o‘tkazish va 2025 yildan boshlab barcha uchrashuvlarni mazkur arenada o‘tkazish rejalarini ishlab chiqmoqda.

Stadion bilan bog‘liq ta’mirlash ishlari sabab "Surxon" bir necha mavsumni Toshkentda o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bu borada klub rahbariyati "Paxtakor" stadionidan foydalanib kelayotgandi. Biroq endilikda poytaxtdagi yana 2 ta stadion Superliga talablariga moslashtirish vaji bilan yopildi. Shundan kelib chiqib, "Surxon" Termizdagi arena to‘liq tayyor bo‘lguniga qadar bir nechta uchrashuvni Samarqand shahridagi "Dinamo" stadionida o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:45, 12.07.2024.
O'qildi: 1875 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.