Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Sesk Fabregas: «Qanday o‘yinni xohlayotganimni aniq bilaman...»

Sesk Fabregas: «Qanday o‘yinni xohlayotganimni aniq bilaman...»

Baho:
+ | -

Yaqin o‘tmishning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri Sesk Fabregas yaqinda Tot Costa dasturi (Catalunya Radio kanali) mehmoni bo‘ldi.

Ispaniyalik mutaxassis suhbat jarayonida Xavining «Barselona»dagi ishi yuzasidan gapirdi. Tabiiyki, Sesk «Komo» murabbiyi rolida to‘playotgan tajribasiga ham alohida to‘xtaldi. Aytish joiz, Italiyaning ushbu kamtarin klubi yakunlangan mavsum «V» seriyada katta muvaffaqiyatga erishdi va hozir uzoq tanaffusdan keyin elit divizionda o‘ynashga hozirlik ko‘rmoqda.

- Sesk, Xavining «Barselona» bosh murabbiyi rolidagi davri yakunlandi. Uning ishiga qanday baho berish mumkin? 

- Shundoq sezilib turdi, Xavi «Barselona»da yosh yigitlar bilan klubni yaqqol taraqqiyot sari yetakladi. To‘g‘risi, grand klubda yoshlarga bu qadar keng yo‘l ochish, ularni qo‘rqmasdan maydonga tushirish uchun murabbiy yetarli darajada xarakterga ega bo‘lishi kerak. Oddiy aytganda, Xavi qisqa vaqtda jasorat ko‘rsatdi. Oldinroq Kuman ham xuddi shunday yo‘l tutgandi. Aytish mumkinki, «Barselona» shu ikki mutaxassis tufayli kelajak uchun juda zarur yosh iste’dodlar guruhiga ega bo‘ldi. Ko‘p hollarda katta klublarda murabbiyning yosh iqtidorlarni natija yo‘lida qurbon qilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki yosh yigitlar bilan birdaniga sovrin yutish juda mushkul. Lekin unutmaslik kerak, chin iste’dodlar 3-4 yil ichida yulduz darajasiga yetishlari va sovrinlar o‘z-o‘zidan kelishi mumkin. Shaxsan men kelajak uchun tikilgan sarmoya ertami-kech natija berishiga aslo shubhalanmayman. Ehtimol, Xavi «Barselona» bosh­qaruvidagi qisqa vaqtda qanday ishlarni amalga oshirgani keyinroq yaqqol ko‘rinar hali...

- Sizningcha, Xavi «Barselona»ga ertaroq kelmaganmidi?

- Yo‘q, futbol nimanidir yoki kimnidir kutib o‘tirmaydi. Ba’zilar Xavi «Barselona» darajasidagi klubni bosh­qarish uchun yetarli malakaga ega bo‘lmay turib, ish boshlaganini aytishlari mumkin. Lekin bunday qarash hamisha nisbiy hisoblanadi. Zero, muayyan murabbiyning ayniqsa, katta klubda qanday ishlashi avvalo, tarkib darajasi va umumiy holatga bog‘liq. Bunga Xosep Gvardiola va Zayniddin Zidanni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Deylik, Pep «Barselona» boshqaruvini qo‘lga olgan payt klub 2 yildan buyon hech narsa yutolmayotgandi (aslida bu davrda Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritgan). Lekin jamoa tarkibi chakki emasdi, qolaversa, murabbiy bir necha muhim transferlarni amalga oshirdi. Xususan, Jerar Pike, Dani Alvesh va Seydu Keyta «Barsa» safini to‘ldirishdi. Pep shu tariqa barchani jamoa istiqboliga ishontirdi. Keyin nimalar bo‘lganini hamma biladi. Demoqchimanki, murabbiy to‘g‘ri kalitni tanlasa, bas. Hech kim katta klubni boshqarishga qachon tayyor bo‘lishini aytolmaydi. Hammasini amalda sinab ko‘rish kerak, tamom. Yana bir oddiy misol: butsalarimni endi mixga ilganimda, kimdir mendan «Komo»ni boshqarish va klubni «A» seriyaga olib chiqishga tayyormisiz?» qabilida so‘raganida, uni shunchaki, aqldan ozgan kishiga chiqarardim. Amalda esa xuddi shunday bo‘ldi, ya’ni salohiyatimga amaliy tajriba asnosida ishonch hosil qildim. Taklif tushgach, avvalo, Mikel Arteta bilan gaplashdim, u esa murabbiylik sifatlariga ega ekanligim, klub muammolarini hal etish uchun aqlim yetishini ta’kidladi. Arteta shuningdek, agar klubda muhit yaxshi bo‘lsa, tezda muvaffaqiyat qozonishimga ishonch bildirdi. Jumladan, jamoada o‘yin masalalarini faqat murabbiylar shtabi hal etishi kerakligini hisobga olishimni uqtirdi. Shu tariqa yigitlarni o‘z g‘oyalarimga ishontirishim, shaxsiy futbol falsafamni to‘g‘ri yetkazishim zarurlini tushundim. Yana bir muhim jihat bor: jamoada bosh murabbiy o‘zini o‘rab turadigan yordamchi mutaxassislarni to‘g‘ri tanlashi lozim. Yo‘q, assistentlar har bir fikringizni ma’qullashlari shart emas, ular qaysidir masalada o‘z g‘oyalarini ilgari surishlari, saviya bobida hatto sizdan ham oshib ketishlari kerak. Shunda shtab hamfikr ishlash borasida rivojlanadi, kutilgan o‘sish kuzatiladi. Kelajakda ham jamoani boshqarishga aralashadigan, qandaydir muammo tug‘diradigan odamlar bilan ishlashni xohlamayman. Bu borada hamisha o‘zimga savol beraman: «Sesk, to‘g‘ri muhitga tushdingmi?» Shu asnoda qalbimga quloq solib, yakuniy to‘xtamga kelaman. Umuman, jamoada hamma o‘ziga yarasha vakolatga ega bo‘lishi juda muhim.

- Zamonaviy futbolda jis-moniy tayyorgarlik roli oshib ketganini ko‘p ta’kidlashmoqda. Bu borada nima deya olasiz? 

- Hozirgi kunda yaxshi o‘ynashning o‘zi yetarli emas, albatta. Xususan, jismoniy tayyorgarlik ustida alohida shug‘ullanish talab etiladi. Misol uchun, Italiyada ko‘plab jamoalar tajovuzkor o‘yinga moyil. Yakkama-yakka kurashlarda raqiblarning kuchli bosimiga bardosh berish uchun esa tarkibda jismonan baquvvat ijrochilarga ega bo‘lishingiz shart. Xullas, hozirda jismoniy tayyorgarlikka e’tiborsiz qarash aslo yaramaydi. Aks holda, jangga kirishmasdanoq yengilasiz, tamom. Mana, Gvardiola «Manchester Siti»da Kayl Uoker, Manuel Akanji, Ruben Diash va Yoshko Gvardioldan iborat 4 nafar markaziy himoya­chi bilan qanday qo‘rg‘on yasaganini bir ko‘ring. Pep ahmoq emas, u futbol aynan qaysi yo‘ldan ketayotganini yaxshi biladi. Gvardiola shuning barobarida baquvvat yigitlar ansamblini texnik salohiyati baland ixchamroq futbolchilar bilan to‘ldirdi - Bernardu Silva, Jeremi Doku, Xulian Alvares, Fil Foden... Oldinda esa Erling Xolanddek yirtqich bor.

- Xo‘sh, «Komo»ning yangi mavsum uchun  maqsad va vazifalari qanday?

- «A» seriyada nimaga intilishimiz kerakligini aniq bilamiz. Maqsad ro‘yobi uchun esa hammasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, vazifalarni sifatli  bajarishimiz kerak. Barqarorlik - eng real maqsad. O‘yin darajasi ham juda muhim, albatta. Hozirda «Qomo» qanday o‘ynashini xohlayotganim borasida juda aniq tasavvurga egaman. Bundan nima chiqishini esa mavsum davomida ko‘ramiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:48, 13.07.2024.
O'qildi: 2282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.