Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

aqablari bilan tanilgan yulduzlar

aqablari bilan tanilgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Mazkur material futbol olamiga o‘z ismlari bilan emas, balki laqablari bilan tanilgan afsonaviy o‘yinchilar haqida.

Unda 5 karra jahon chempioni bo‘lgan Braziliya terma jamoasining vakillari ko‘proq bo‘lishini anglab olish qiyin emas. Biroq biz ularning yonlariga boshqa mamlakatlardagi mashhur o‘yinchilarni qo‘yishni lozim topdik. Ehtimol, ularning ayrimlari sizni hayron qoldirsa, ajabmas.

PELE

Hikoyamizni o‘ta oddiy va barcha futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan futbol afsonasidan boshlaymiz. Barcha zamonlarning eng buyuk o‘yinchilaridan biri bo‘lgan futbol qiroli 1957-1971 yillar oralig‘ida Braziliya terma jamoasi libosida 92 marta maydonga tushib, 77ta gol urgan, 3 marta jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi. Lekin 1940 yilda tavallud topgan afsonaning asl ismi Edson Arantis du Nasimentu. Aytishlaricha, Pele laqabi «Vasku de San-Lorenso» klubining o‘sha davrdagi darvozaboni ismini noto‘g‘ri talaffuzi tufayli paydo bo‘lgan. Yosh Edsonning «kumiri» bo‘lgan posbonning ismi Bile edi.

KAKA

Boshqa bir braziliyalik afsona - Kaka haqiqiy ismi bilan maydonga tushayotganiga shubha qilmagan bo‘lsa kerak. 2002 yildagi jahon chempioni «Milan» bilan ko‘plab sovrinlarga erishgan, 2007 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Kakaning haqiqiy ismi - Rikardu Izekson dos Santos Leyte. Uning ukasi Rodrigo «Rikardu» nomini to‘liq talaffuz eta olmay, bo‘lajak afsonani «Kaka» deb chaqirardi. Laqab shu tariqa paydo bo‘lgan.

NANI

Endi navbat Yevropadagi «braziliyaliklar»ga - ko‘pincha portugaliyaliklarni shunday atashadi. O‘z davrida Portugaliya terma jamoasining yetakchi o‘yinchilaridan birini Luish Nani deyishardi. Lekin bu qisman noto‘g‘ri, uning asl ismi-sharifi - Luish Karlush Almeyda da Kunya. Ota-onasi uchun kerak bo‘lmay qolgan bolakayni xolasi o‘z tasarrufiga olgan, Nani laqabini unga bolalik paytida opasi bergandi.

DEKU

Ismi o‘rniga laqabi bilan mashhur bo‘lgan navbatdagi portugaliyalik afsona. U «Portu» va «Barselona» bilan YECHLda shohsupaga ko‘tarilgan, terma jamoada esa 75ta o‘yin o‘tkazgan. Laqabi esa bolakaylarga atalgan erkalovchi «de kuzinyo» iborasining qisqartmasi. Mitti futbolchini tog‘asi shunday nomlagan, asl ismi - Anderson Luis de Souza.

KOKE

Endi navbat ispanzabon futbolchilarga. «Atletiko»ning yoshlar tizimidan chiqqan o‘yinchi o‘z davrining yetuk yarim himoyachisiga aylandi. Kokening asl nomi - Xorxe Resurreksyon Merodio. Biroq uning ukasi «Xorxe» iborasini to‘g‘ri ayta olmay, «Koke» derdi. Tez orada laqabga hamma ko‘nikib qoldi.

GUTI

Bu futbolchi «qirollik klubi» libosida 500tadan ko‘proq o‘yin o‘tkazib, La Ligada 5 marta, YECHLda 3 marta shohsupaga ko‘tarilgan afsona. Uning to‘liq nomi - Xose Mariya Gutyerres Ernandes. Lekin o‘yinchining o‘zi uni ixchamgina Guti deb chaqirishlarini xush ko‘rardi. Nima uchun aynan «o‘yinchi»? Chunki u «Almeriya»ni qabul qilganidan keyin jurnalistlardan Xose Mariya Gutyerres, deb murojaat qilishlarini so‘ragandi. Axir bosh murabbiyning ism,sharifi ham salobatli bo‘lishi kerakda.

XALK

Gap laqablar xususida ekanligini futbolchi ismining o‘zi aytib turibdi. Bundan tashqari, yuksak saviyali hujumchi «Zenit»dagi o‘yinlari orqali rossiyalik muxlislarga yaxshi tanish. «Atletiko Mineyro» sobiq futbolchisining asl nomi - Jivanildu Viyeyra de Souza. Biroq u aktyor, bodibilder Lu Ferrinyoga o‘xshash bo‘lgani sababli, san’atkorning «Betakror Xalk» seriali qahramoni nomiga loyiq topishgan.

DUNGA

Braziliyalik amakilar o‘ta kuchli fantaziyaga ega bo‘lishadi. O‘zining o‘yin uslubi bilan Dunga o‘z vatandoshlaridan yaqqol ajralib turgani bois, amakisi shu ismni ravo ko‘rgandi. Yarim himoyachining haqiqiy nomi - Karlos Kaetano Bledorn Verri. Dunga nomi esa Disneyning «qorqiz» filmidagi gnomga tegishli.

GARRINCHA

Bo‘yning pastligi 2 karra jahon chempioni bo‘lgan braziliyalik afsonaga ham ajib laqabni tuhfa etgandi. Aslida, Manuel Fransisku Dos Santos nomli bolakay o‘z teng­doshlariga nisbatan past bo‘yli bo‘lgani uchun opasi uni jajji qushcha - bigiz tumshuqqa qiyoslagan va Garrincha nomini bergandi.

KAFU

Ayrim hollarda futbolchilarga ulardan avvalgi kasbdoshlarining nomini berishadi. Braziliya terma jamoa­si bilan 2 marta JCHda g‘olib chiqqan Kafu shunday futbolchilarning biri. «Milan» va «Roma» sobiq himoyachisi «Flumenense»da to‘p surgan o‘tmishdoshi Kafuringa sharafiga Kafu nomini olgan. Asl ismi - Markos Evangelista de Morayes.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:53, 13.07.2024.
O'qildi: 1756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.