Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

XOQ Rossiyadan Olimpiadaga qo‘yilgan sportchilar ro‘yxati yangilanishini ma’lum qildi

XOQ Rossiyadan Olimpiadaga qo‘yilgan sportchilar ro‘yxati yangilanishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga qabul qilingan rossiyalik va belaruslik sportchilarning 13 iyulda yangilangan ro‘yxati yakuniy emasligini va yana yangilanishini ma’lum qildi.

"Ba’zi sport turlarida munosib sportchilar soni olingan kvota o‘rinlari sonidan kam bo‘lishi mumkin.

Bunday hollarda ushbu joylar tegishli Xalqaro federasiyaning malaka tizimiga muvofiq boshqa yakka tartibdagi neytral sportchilar yoki boshqa Milliy olimpiya qo‘mitalari sportchilari o‘rtasida qayta taqsimlanadi", — deyiladi XOQ rasmiy bayonotida.

13 iyul holatiga ko‘ra, Rossiyadan 15 nafar sportchi Olimpiadada ishtirok etishini tasdiqladi. Bular Tamara Dronova, Alena Ivanchenko, Gleb Syrisa (barchasi velosport), Anjela Bladseva (batut), Daniil Medvedev, Roman Safiullin, Yekaterina Aleksandrova, Mirra Andreeva, Pavel Kotov, Diana Shnayder, Yelena Vesnina (barcha tennis), Zaxar Petrov Korovashkov, Olesya Romasenko (barchasi - baydarka va kanoeda eshkak eshish), Yevgeniy Somov (suzish). Avvalroq rossiyalik kurashchilar va dzyudochilar Parijda chiqish qilishdan bosh tortgan edi.

2023-yil 8-dekabr kuni XOQ o‘z sport turlari bo‘yicha muvaffaqiyatli saralangan Rossiya va Belarus sportchilariga 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida yakka tartibdagi neytral sportchilar sifatida ishtirok etishga ruxsat berdi.

Musobaqada faqat individual sport turlari bo‘yicha sportchilar qatnasha oladilar, jamoaviy bahslarda jamoalar qatnashmaydi; O‘yinlarda Rossiya yoki Belarusning bayrog‘i, madhiyasi, rangi yoki boshqa ramzlari hech qanday rasmiy joyda yoki biror bir rasmiy tadbirda ko‘rsatilmaydi. Olimpiadaga Rossiya va Belarus rasmiylari va sport amaldorlaridan hech biri taklif qilinmaydi.

Keyinroq XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilarga Parijda 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida o‘tkaziladigan sportchilar paradida qatnashishni taqiqlagani ma’lum bo‘lgandi.

Rossiya va Belarus sportchilarining 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan medallari umumiy hisobda inobatga olinmaydi.

Kiritildi: 16:39, 15.07.2024.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик