Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

Turdimurodov: "To‘g‘risi bu haqida o‘ylamagandim"

Turdimurodov: "To‘g‘risi bu haqida o‘ylamagandim"

Baho:
+ | -

Bu yil "Andijon" tarkibida debyut mavsumini o‘tkazayotgan 20 yoshli iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodov birinchi davraning oxirlarini yuqori darajada o‘tkaza oldi.

Ayniqsa, iyun oyida uning uchun ancha sermahsul bo‘ldi. Boisi, ushbu oyning eng chiroyli goli muallifi bo‘ldi. Qarshida “Qizilqum” darvozasiga urgan goli O‘zPFL tomonidan oyning eng chiroyli goli deya e’tirof etildi.

Bundan tashqari, Turdimurodov iyun oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga ham sazovor bo‘ldi. Chunki u so‘nggi 5 ta bahsda 4 ta gol urishga erishdi.

-  Rustam sizni O‘zPFL tomonidan iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lganingiz bilan tabriklayman. Nomzodlar ro‘yxati e’lon qilinganida bu haqida o‘ylaganmidingiz?

-  Katta rahmat. To‘g‘risini aysam, bu haqida o‘ylamagandim. Chunki boshqa o‘yinchilarni statistikasi ham yaxshi edi.

-  Shuningdek, siz iyun oyining eng chiroyli goli muallifiga ham aylandingiz. Buni ham kutganmidingiz?

-  Iyun oyida bir qancha jamoa o‘yinchilari chiroyli gollar urishdi. Eng chiroyli gol uchun e’tirof etilishimni kutmagan edim.

-  Eng chiroyli gollar uchun nomzodlar e’lon qilinganida sizga ko‘proq qaysi gol yoqqan? O‘zingiznikimi yoki...

-  Rosti, Arveladzening goli ko‘proq yoqdi.

-  Darhaqiqat, iyun oyida ancha sermahsul o‘ynadingiz va 5 ta bahsda 4 ta gol urdingiz. Birdan o‘yiningizga bunday kuchni qo‘shish qanday bo‘ldi?

-  Hamma o‘z vaqtini kutishi kerak, deb o‘ylayman. Meni ham o‘z vaqtim keldi va bundan foydalandim.

-  Ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday kechyapti? Ko‘proq nimalarga e’tibor qaratilmoqda?

-  Tayyorgarlik yaxshi kechyapti. Yozgi yig‘in chog‘ida sport formamizni o‘z joyiga keltirish bo‘yicha ish olib boryapmiz.

-  “Andijon”da debyut mavsumingizni o‘tkazyapsiz. Boshida o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynab yurdingiz, keyin asosiy tarkibga jalb etila boshladingiz. Turdimurodov o‘z so‘zini ayta boshlagani muxlislarni xursand qilmoqda. Bu masalada nima deya olasiz?

-  Ha, to‘g‘ri o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynadim. Asosiy tarkibda hech kimning joyi kafolatlanmagan. Buning uchun kuchli o‘yinchi ekanligingizni isbotlashingiz kerak.

-  Birinchi davradan qanday taassurotlar qoldi?

-  Birinchi davra men uchun dars bo‘ldi. O‘ziga yarasha saboqlar chiqardim.

-  Birinchi davradan keyin “Andijon” safida eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibsiz. Chempionat va Kubokda jami 5 ta gol urdingiz. Ikkinchi davrada yana nechta gol urishni mo‘ljallayapsiz?

-  Albatta, o‘z oldimga maqsad qo‘yganman. 10 ta gol urish niyatim bor.

"Andijon" matbuot xizmati

Kiritildi: 17:01, 15.07.2024.
O'qildi: 1863 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик