Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Ne’matillo Quttiboyev: “Andijon” kombinasion o‘yin ko‘rsatdi"

Ne’matillo Quttiboyev: “Andijon” kombinasion o‘yin ko‘rsatdi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” – “Aral” (5:0) o‘yinidan so‘ng nukusliklar bosh murabbiyi Ne’matillo Quttiboyev “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikrlarini aytdi:

- Biz hozir “nagruzka”da ishlayapmiz. O‘yinga kelsak, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. “Andijon” esa vaziyatlarini golga aylantirdi. Natija esa 5:0.

- Qishda ham “Andijon”ga qarshi nazorat o‘yinida o‘ynagangdinglar. Qanday farqi sezildi?

- Hech qanaqa farq ko‘rmadim. Lekin bilishimcha, u paytda “Andijon”ni asosiy tarkibida ko‘p o‘yinchilari maydonga tushmagandi. Bugungi bahsga kelsak, jamoa kombinasion futbol ko‘rsatdi. Biz aralash tarkibda o‘ynadik. Aytganimdek, futbolchilarga “nagruzka” beryapmiz. Shu bois bizga qiyin bo‘ldi.

- Tarkibda qanday o‘zgarishlar bo‘lyapti?

-  Katta o‘zgarishlar yo‘q. Bir-ikkita o‘yinchi yuribdi, shularni sinovdan o‘tkazyapmiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:51, 17.07.2024.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.