Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

"Borussiya D" hujumchisi kelajagi haqida gapirdi

"Borussiya D" hujumchisi kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga "Chelsi" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, dortmundliklar o‘z futbolchisini 30 million yevroga sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Germaniya chempionatining so‘nggi mavsumida Adeyemi uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2022 yildan beri "Borussiya"da o‘ynab kelmoqda.

- Kelajak haqida hech narsa deya olmayman. Men "Borussiya" futbolchisiman va bu klub libosini kiyganimdan juda xursandman. Ammo hayotda bundan keyin nima bo‘lishini bilmaysan", - dedi futbolchi.

Kiritildi: 04:41, 18.07.2024.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик