Madridning «Real» klubi yangi mavsumda jamoaga sardorlik qiladigan 4 nafar futbolchini aniqlab oldi.
"Marca" xabariga ko‘ra, Dani Karvaxal, Luka Modrich, Federiko Valverde hamda Lukas Vaskes "qirollik klubi"ning yangi mavsumdagi asosiy 4 ta sardori bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» ilk rasmiy o‘yinini 14 avgust kuni «Atalanta»ga qarshi UYEFA Superkubogi doirasida o‘tkazadi.