Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Rasman: “Metallurg” Abbos Otaxonov hamda Sardor Abduraimov bilan xayrlashdi

Rasman: “Metallurg” Abbos Otaxonov hamda Sardor Abduraimov bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Davralar oralig‘idagi tanaffus davrida “Metallurg” tarkibida o‘zgarishlar davom etmoqda. Kecha jamoa ikki nafar o‘yinchi bilan shartnomani bekor qildi. Bular markaziy himoyachi Abbosjon Otaxonov hamda yarim himoyachi Sardor Abduraimovlardir.

28 yoshli Abbos Otaxonov faoliyatini Tailandda davom ettirishi bois klub bilan xayrlashdi. U “Metallurg” tarkibida 2018-2020, 2022 hamda 2024 yillar davomida 95 ta o‘yinda maydonga chiqqan. 3 ta gol kiritgan. 19 marta ogohlantirilgan. O‘zbekiston kubogi bahslarida 10 ta o‘yinda maydonga chiqib, 2 ta gol urdi. 3 marta sariq kartochka bilan jazolandi.

Sardor Abduraimov esa 2023 yilning ikkinchi yarmidan “Metallurg” sharafini himoya etib keldi. Bekobodliklar safidagi bir yillik faoliyati davomida Abduraimov 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 1 ta gol urdi. 2 marta sariq kartochka bilan jazolandi. O‘zbekiston kubogi bahslarida esa 4 ta o‘yinda to‘p surdi. 2 ta gol kiritdi.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:09, 19.07.2024.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик