Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Futboldagi qarorlarga alohida baho berish qiyin

Futboldagi qarorlarga alohida baho berish qiyin

Baho:
+ | -

Futboldagi qarorlarga alohida baho berish qiyin, umumiy kartinani ko‘rish ham kerak bo‘ladi.

Misol uchun, “Manchester Yunayted” Leni Yoro uchun 60 million yevro to‘ladi. Bu to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri? Menimcha, avgustning oxirigacha buni aniq aytish qiyin. Klub o‘tgan mavsumda markaziy himoyada muammolarga duchor bo‘ldi. Martines va Varan jarohat olgach, ten Xag futboliga mos bo‘lgan Lindelyof va Maguayr, juda yosh Kambvala va juda qari Evans bilan qoldi. Yakuniy natijaga ham aynan mana shu chiziq eng katta ta’sir qilgani shubhasiz.

Tabiiyki, agar vaziyat to‘liq tahlil qilingan bo‘lsa, transferlarda asosiy urg‘u shu pozisiyaga berilishi kerak edi. Yoroning transferi ham aslida shu yo‘nalishda, ammo agar kuzga kelib u sotib olingan yagona markaziy himoyachi bo‘lsa, ahvol o‘tgan yildanam chatoq bo‘ladi. Tasavvur qiling, istiqbolda asosiy juftlik - jarohatga moyil Martines va 18 yoshli Yoro. Bu bilan jangga borish yomon qaror.

Demak, agar “MYU” Yorodan tashqari rejadagidek, de Ligt yoki Bretveytni sotib olishsa, hammasi joyida. Yangi markaziy himoyachi Martines bilan tandem bo‘ladi, Yoro esa, mavsum davomida yangi liga, yangi jamoaga ko‘nikib, birato‘la ulg‘ayib boradi. Agar Yoro muammoni yechuvchi, vaziyatni o‘zgartiruvchi sifatida olib kelingan bo‘lsa, bu ish bermasligi aniq, aksincha, yosh futbolchiga katta bosim tushib, hammasi barbod bo‘lishi mumkin.

Yagona transfer sifatida Bretveyt yoki de Ligt nisbatan tushunarli bo‘lardi, chunki Bretveytda APL tajribasi bor, ertadanoq asosiy tarkibda tushishi mumkin, de Ligt tajribali futbolchi, murabbiy bilan ishlagan, u ham tayyor futbolchi.

Ammo Yoroni bunday deb bo‘lmaydi. Menimcha, yosh Xoylunddan hamma narsa kutib adashgan va ushbu yozni sherik hujumchi axtarishdan boshlagan “MYU” bunday xatoni boshqa qilmasa kerak. De Ligt transferining kechikishi undan voz kechilganini emas, shunchaki, ba’zi sotuvlar kutilayotganidan darak bo‘lsa kerak.

Kiritildi: 17:54, 19.07.2024.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.