Huquqlari Saudiyaning "Al-Ittihod"iga tegishli bo‘lgan fransuz futbolchisi Ngolo Kante Yevropaga qaytishi mumkin.
Bu haqda Sport.es portali jurnalistlari xabar berishdi. Manbaning xabar berishicha, “Barselona” 33 yoshli fransiyalik yarim himoyachining transferiga qiziqish bildirmoqda.
"Ko‘k-anorranglilar" Kantening 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi o‘yinidan qoyil qolishdi va shu yozda uning transferini rasmiylashtirmoqchi.
Ngoloning "Al-Ittihod" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan, futbolchining transfer narxi to‘qqiz million yevroni tashkil qiladi.