Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Frank: "Toni jamoada qolsa xursand bo‘laman"

Frank: "Toni jamoada qolsa xursand bo‘laman"

Baho:
+ | -

"Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank, agar jamoasi hujumchi Ayvan Tonini yozda sotmasa, xursand bo‘lishini aytdi.

Yaqinda matbuotda "Brentford" 28 yoshli angliyalik futbolchiga boshqa klublar qiziqish bildirmayotgani sababli Tonining narxini keskin pasaytirgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Tonining shartnomasi tugashiga hali bir yil bor, ammo keyingi yozda hech qanday tovon pulisiz futbolchini yo‘qotish tahdidi Frankni xavotirga solmaydi.

"Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. U "Brentford" futbolchisi va men uni saqlab qolishdan xursand bo‘lardim.

Ammo, bilasizmi, men iloji boricha ko‘proq yaxshi o‘yinchilarni istamaydigan murabbiyni uchratmadim, shuning uchun hozir Ayvan "Brentford" futbolchisi.

Bilaman, u dam olish vaqtini maroqli o‘tkazmoqda, u Angliyadagi o‘yinlaridan keyin bunga to‘liq munosib va agar u biz bilan qolsa, men murabbiy sifatida ko‘proq xursand bo‘laman.

Biz gol muallifi haqida gapirayapmiz va uning jamoangizda bo‘lishi juda yaxshi, agar kimdir uni sotib olmoqchi bo‘lsa, bu qimmat", - dedi Frank Daily Mail bilan suhbatda.

Kiritildi: 14:03, 21.07.2024.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик