"Real"ning sobiq hujumchisi Xoseluning fikricha, 2024 yilda "Oltin to‘p"ga eng munosib futbolchi Dani Karvaxal bo‘lib turibdi.
"Men har doim Karvaxal bu mukofotga eng munosib ekanini aytganman. U ovoz berishda yutish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qo‘lga kiritdi.
U Chempionlar Ligasi finalining muhim o‘yinchisi edi. Karvaxal mukofot uchun ko‘proq loyiqroq", - deya Xoseluning so‘zlarini keltirmoqda AS.