Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Levandovski: Mamlakatning bosh sportchisiga jiddiy ayblov

Levandovski: Mamlakatning bosh sportchisiga jiddiy ayblov

Baho:
+ | -

Polshada yangi mojaro ko‘tarildi - «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski universitet diplomlarini sotib olganlikda ayblanmoqda.

Barbara Mrozinska - sosiologiya fanlari doktori, shuningdek, Lodzda joylashgan xususiy universitetning sobiq o‘qituvchisi. Shu xonim oradan 6 yil o‘tib, Robert Levandovskiga bog‘liq korrupsion ish haqida butun dunyoga jar solmoqda...

Barbara Mrozinskaning aytishicha, Polshaning birinchi raqamli sportchisi bo‘lib turgan Robert Levandovski xususiy universitetdan pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha 2ta diplom sotib olgan. Uning ta’kidlashicha, futbolchi hech qachon imtihon topshirmagan, ammo rasmiy hujjatlarda unga baho qo‘yilgan. Aslida bu ish muhokamasi boshlanganiga 5 yil bo‘libdi. Bu vaqtda Levandovskining advokatlari yashiradigan hech nima yo‘qligini ta’kidlashmoqda. Aytishlaricha, Levagol rafiqasi Anna Levandovska qistovi bilan oliy ma’lumot olish uchun hujjat topshirgan. Futbolchining o‘zi bu haqda hech qachon gapirmagan. Mrozinska gumoniga ko‘ra, u shunchaki, haqiqat yuzaga sizib chiqishidan xavfsiragan.

Hujjatlarga asosan, Robert Levandovski 2018 yili Lodz xususiy universiteti magistratura bosqichiga qabul qilingan. U bunga qadar shu dargohda bakalavr darajasini olgan. Diplomlar sotuvi bo‘yicha asosiy gumonlanuvchi ham bor - ikki xususiy universitetga aloqador olim (birida rektor bo‘lgan, ikkinchisida ma’ruzalar o‘qigan). Ma’lum bo‘lishicha, u va Levandovskining rafiqasi o‘rtasidagi yozishmalar bor. «Levandovski Lodz xususiy universiteti diplomini sotib olgan. Buni javobgarlikni to‘liq anglagan holda yozyapman, chunki futbolchi mening nazoratimdagi 2ta imtihondan «o‘tgan». Ushbu jirkanch ish bo‘yicha guvoh sifatida sud majlisida ham qatnashdim», — deb yozdi Mrozinska «Tvitter» tarmog‘ida.

Munosabat

- Anna Levandovska 2007 yili Varshavada o‘qishni boshlagan, biroq uzoq vaqt uni tugatolmagan erining oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, kelajakda murabbiylik maktabiga kirishini xohlagan. Shu tariqa Robert Lodzda 2ta diplom olgan, ammo yolg‘onning umri qisqa bo‘lishini tushunib, hech qachon bu hujjatlari bilan maqtanmagan. Axir Varshavada 13 yil o‘qigan holda, Lodzda 2ta diplom olgani ma’lum bo‘lsa, hammada shubha uyg‘onardi (Onet).

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 05:57, 22.07.2024.
O'qildi: 1523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.