Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Fernandesh "PSJ"ga o‘tmaydi - sababi ma’lum

Fernandesh "PSJ"ga o‘tmaydi - sababi ma’lum

Baho:
+ | -

"PSJ" yozda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni sotib ololmaydi.

Parijliklar "qizil iblislar" sardorining iste’dodini yuqori baholaydilar, biroq masala odatdagi qiziqish doirasidan chiqib ketishi dargumon - portugaliyalikning narxi juda yuqori, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano. 29 yoshli futbolchi fransuz grandlarining asosiy transfer maqsadlari qatoriga kirmaydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra Brunu Fernandeshning narxi 70 million yevroni tashkil etadi va futbolchining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Avvalroq hujumkor yarim himoyachiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgan edi.

Kiritildi: 06:36, 23.07.2024.
O'qildi: 1976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик