Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 18:45 Gol Gohar 0-0 Al-Jaziyra
15/09 18:45 Arkadag' 1-0 Al-Muharraq
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Olimpiya qo‘mitasi Umar Kremlyov boshqaruvidagi Boks assosiasiyasini tan olishni bekor qildi

Olimpiya qo‘mitasi Umar Kremlyov boshqaruvidagi Boks assosiasiyasini tan olishni bekor qildi

Baho:
+ | -

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assosiasiyasini (IBA) tan olishni bekor qildi. Bu haqda XOQ saytida xabar berilgan.

Ovoz berishda 70 kishi qatnashdi. Ulardan 69 tasi tashkilotni tan olishni bekor qilishni yoqlab ovoz berdi. Shuningdek, ular boksni 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlab qolish tarafdori bo‘ldi.

7 iyun kuni XOQ IBA'ning tan olinishini bekor qilishni tavsiya qildi. Bunga javoban Xalqaro boks assosiasiyasi CAS'ga apellyasiya berdi, biroq qaror o‘z kuchida qoldi.

"IBA tan olinish huquqidan mahrum qilingani bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, dedi “TASS” manbasi.

2019 yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tashkilotdagi moliyaviy va boshqaruv inqirozi tufayli IBA'ni tan olishdan vaqtinchalik voz kechdi. XOQ xalqaro federatsiyadan islohotlar o‘tkazishni talab qildi. IBA Tokio Olimpiadasida boks bo‘yicha turnirni tashkil etish huquqidan mahrum bo‘lgan edi.

2020 yil oxiridan boshlab IBA'ni rossiyalik Umar Kremlyov boshqarib kelmoqda. Uyushma Rossiya va Belarus sportchilarini musobaqalarda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilmadi.

Shundan so‘ng AQSH, Buyuk Britaniya, Shvesiya, Shveysariya, Germaniya, Niderlandiya va Filippin boks federasiyalari norozilik sifatida IBA'ga a’zolikdan chiqdi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:28, 23.07.2024.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик