Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) kibersport bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarini yaratish qarorini ma’qulladi.
Kibersport bo‘yicha birinchi Olimpiya o‘yinlari 2025-yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqani tashkil etish uchun XOQ Saudiya Arabistoni MOQ bilan 12 yil muddatga hamkorlik qildi.
XOQ rahbari Tomas Bax 2023-yil oktyabr oyida kibersport Olimpiadasini tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
2023-yil iyun oyida Singapurda ilk bor Olimpiya eSport haftaligi bo‘lib o‘tdi. Unda 500 mingdan ortiq kishi qatnashdi, translyasiyalarni 6 million tomoshabin tomosha qildi.