Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Kanada olimpiya qo‘mitasi Olimpiadadagi raqibning mashg‘ulotida dron uchirgani uchun uzr so‘radi

Kanada olimpiya qo‘mitasi Olimpiadadagi raqibning mashg‘ulotida dron uchirgani uchun uzr so‘radi

Baho:
+ | -

Kanada Olimpiya qo‘mitasi Fransiyadagi Yangi Zelandiya ayollar futbol terma jamoasi mashg‘ulotlari ustida uchgan dron haqida bayonot berdi. Olimpiada turnirining "A" guruhida Kanada va Yangi Zelandiya ayollar terma jamoalari bahs olib boradi.

"Kanada Olimpiya qo‘mitasiga ma’lum qilinishicha, 22 iyul kuni Fransiya hukumati Yangi Zelandiya terma jamoasining shikoyatidan so‘ng Sent-Etenda Kanada ayollar futbol jamoasining akkreditasiyadan o‘tmagan a’zosini hibsga olgan. Xodim Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasi mashg‘ulotlarini yozib olish uchun drondan foydalangani taxmin qilinmoqda.

Kanada Olimpiya qo‘mitasi halol o‘yin tarafdori va biz hayratda va hafsalamiz pir bo‘ldi. Biz Yangi Zelandiya futboli, jabrlangan barcha futbolchilar va Yangi Zelandiya Olimpiya qo‘mitasidan samimiy uzr so‘raymiz.

Biz XOQ, Parij-2024 tashkiliy qo‘mitasi, Kanada futbol assosiasiyasi va FIFA bilan keyingi qadamlarni muhokama qilmoqdamiz", — deyiladi Kanada Olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida.

Kiritildi: 14:15, 24.07.2024.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.