Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Bax pedofiliyada ayblangan sportchining Parijdagi Olimpiadada qatnashishiga qarshi emas

Bax pedofiliyada ayblangan sportchining Parijdagi Olimpiadada qatnashishiga qarshi emas

Baho:
+ | -

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax pedofiliyada ayblangan niderlandiyalik voleybolchi Stiven van de Veldening 2024-yilgi Olimpiadadagi ishtirokiga izoh berdi.

“Bu Niderlandiya Milliy olimpiya qo‘mitasining ishi. Ular qaror qabul qilishadi. Bu masala bo‘yicha mening shaxsiy pozisiyam yo‘q.

Bu masalalarning barchasini sportchi vakili bo‘lgan mamlakat MOQ hal qilsin”, — dedi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda plyaj voleybolchisi van de Velde ijtimoiy tarmoqda Buyuk Britaniyalik 12 yoshli qiz bilan tanishgani haqida post joylagan edi. Bir necha kundan keyin sportchi qiz bilan uchrashish uchun Angliyaga keldi va bir muncha vaqt o‘tgach, ular o‘rtasida yaqin munosabatlar paydo bo‘ldi, voleybolchi esa, Britaniya OAVning xabarlariga ko‘ra, bolaning yoshi haqida bilardi.

Niderlandiyalik sportchi voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

U qamoq jazosining bir qismini Angliyada o‘tagan va keyin Niderlandiyaga ko‘chirilgan, u yerda ozod qilingan va 2017 yilda sportga qaytgan.

Kiritildi: 16:51, 24.07.2024.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.