Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Maskerano: "Bu men hayotim davomida ko‘rgan eng katta sirk"

Maskerano: "Bu men hayotim davomida ko‘rgan eng katta sirk"

Baho:
+ | -

Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Maskerano futbol bo‘yicha Olimpiada turnirida Marokash termasi bilan o‘yinni sirkka qiyosladi.

TyC Sports nashri Maskeranoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: "Bu men hayotim davomida ko‘rgan eng katta sirk".

Uchrashuv Sent-Eten shahrida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 16-daqiqada argentinaliklar Kristian Medinaning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi (2:2), biroq uchrashuvning bosh hakami Glenn Nyuberg hushtagi chalib, VARni ko‘rishga ketdi. Bu vaqtda tribunalarda tartibsizliklar boshlandi; Polisiya vakillari maydonga yugurishlariga to‘g‘ri keldi. Har ikki jamoaning futbolchilari va a’zolari xavfsizlik nuqtai nazaridan kiyim almashtirish xonalariga jo‘natildi.

Deyarli ikki soat o‘tgach, hakam VARni ko‘rib chiqdi va Argentinaning ikkinchi goli vaqtida ofsayd qayd etdi. O‘yin 2:1 hisobida Marokash foydasiga davom etdi. Yakunda marokashliklar g‘alabani saqlab qolishdi.

Argentina va Marokash terma jamoalari Iroq va Ukraina terma jamoalari bilan bir qatorda "B" guruhida ishtirok etishadi. Futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari 24 iyuldan 10 avgustgacha Fransiyaning yetti shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 22:37, 24.07.2024.
O'qildi: 5102 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик