Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Parij-2024. Olimpiada o‘yinlarining boshlanishi janjallardan xoli bo‘lmadi (Yangi Zelandiya-Kanada haqida mutolaa uchun)

Parij-2024. Olimpiada o‘yinlarining boshlanishi janjallardan xoli bo‘lmadi (Yangi Zelandiya-Kanada haqida mutolaa uchun)

Baho:
+ | -

Murabbiy o‘yin davomida o‘z ixtiyori bilan jamoani boshqarishdan bosh tortdi.

Fransiyadagi Olimpiada o‘yinlarining boshlanishi katta janjallardan xoli bo‘lmadi. Mahalliy polisiya o‘z raqibi Yangi Zelandiyaning mashg‘ulotlarini dron yordamida kuzatib borayotgan Kanada ayollar terma jamoasi vakilini qo‘lga oldi. Ushbu davlatlar o‘rtasidagi o‘yin ertaga, 25 iyul kuni Sent-Etenda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kanada Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi Zelandiya fransuz hukumatiga shikoyat qilganidan keyin hibsga olingan erkak Kanada terma jamoasining kengaytirilgan shtab-kvartirasining a’zosi, ammo ayollar jamoasiga hamrohlik qilish uchun akkreditasiyadan o‘tmagan. Tashkilot allaqachon uzr so‘ragan va bundan keyin albatta qadam tashlashiga va’da bergan.

"Kanada Olimpiya qo‘mitasiga ma’lum qilinishicha, 22 iyul kuni Fransiya hukumati Yangi Zelandiya terma jamoasining shikoyatidan so‘ng Sent-Etenda Kanada ayollar futbol jamoasining akkreditasiyadan o‘tmagan a’zosini hibsga olgan. Xodim Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasi mashg‘ulotlarini yozib olish uchun drondan foydalangani taxmin qilinmoqda.

"Kanada Olimpiya qo‘mitasi halol o‘yin tarafdori va biz hayratda va hafsalamiz pir bo‘ldi. Biz Yangi Zelandiya futboli, jabrlangan barcha futbolchilar va Yangi Zelandiya Olimpiya qo‘mitasidan samimiy uzr so‘raymiz. Hozir biz XOQ, Parij-2024 tashkiliy qo‘mitasi, Kanada futbol assosiasiyasi va FIFA bilan keyingi qadamlarni muhokama qilmoqdamiz", — deyiladi Kanada Olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida.

Aytgancha, Kanada ayollar terma jamoasiga qarshi sanksiyalar allaqachon qo‘llanilgan — delegasiyaning ikki a’zosi, yordamchi murabbiy Yasmin Mander va tahlilchi Jozef Lombardi uylariga jo‘natilgan, bosh murabbiy Beverli Pristman esa Yangi Zelandiyaga qarshi birinchi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Aytgancha, o‘z xohishi bilan.

"Yakunda men jamoamizning xatti-harakatlari uchun javobgarman", deb tan oldi Pristman. "Shu tariqa, jamoamizning halollikka sodiqligini ta’kidlash uchun men payshanba kungi o‘yinni boshqarishdan o‘z ixtiyorim bilan voz kechishga qaror qildim. Mas’uliyat ruhida men buni ikkala jamoaning manfaatlarini hisobga olgan holda va o‘yinning sport mahorati saqlanib qolayotganini hamma his qilishini ta’minlash uchun qilaman" - dedi Pristman.

FIFA Kanada ayollar terma jamoasini yanada qattiqroq jazolashi mumkin. FIFA tartib-intizom qo‘mitasi allaqachon Kanada futboli, bosh murabbiy Beverli Pristman va uning yordamchilari Jasmin Mander va Jozef Lombardiga nisbatan tergov boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kanada ayollar terma jamoasi (Tokiodagi Olimpiada o‘yinlaridagi turnirning amaldagi g‘olibi) 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida "A" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda Yangi Zelandiya, Kolumbiya va Fransiya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 09:21, 25.07.2024.
O'qildi: 3338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.