Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning “Atletik” klubi darvozaboni Unai Simon 22 yoshli Niko Uilyamsga top-klublarning qiziqishi haqida gapirdi.
“U uchun bir yarim oy qiyin bo‘ldi: u har kuni o‘zi haqida o‘zi bilmagan narsalarni o‘qiydi. 22 yoshida u terma jamoada hurmat qozongan.
Nima bo‘lganda ham u qabul qilgan qarordan barchamiz xursand bo‘lamiz", - deya Simonning so‘zlarini keltiradi Relevo internet nashri.