Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

ESPN 21-asrning eng yaxshi Olimpiada g‘oliblari reytingini tuzib chiqdi

ESPN 21-asrning eng yaxshi Olimpiada g‘oliblari reytingini tuzib chiqdi

Baho:
+ | -

ESPN 21-asrning eng yaxshi 25 sportchisi reytingini tuzib chiqdi.

Reytingda birinchi o‘rinni amerikalik suzuvchi Maykl Felps egalladi. Ilgari ESPN uni 21-asrning eng yaxshi sportchisi deb atagan edi.

Felps rekord darajadagi 23 ta Olimpiada oltin medali sohibi va 28 karra Olimpiada sovrindori hisoblanadi.

2008 yilgi Pekin o‘yinlarida u rekord darajadagi sakkizta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinda sport gimnastikasi bo‘yicha to‘rt karra Olimpiada chempioni amerikalik Simona Baylz, uchinchi o‘rinda sakkiz karra Olimpiada chempioni, 100 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordchisi yamaykalik Useyn Bolt joylashgan.

Top o‘ntalikka, shuningdek, Keti Ledeki (AQSH, suzish), Mikaela Shiffrin (AQSH, tog‘ chang‘isi), Ellison Feliks (AQSH, yugurish), Shon Uayt (AQSH, snoubord), Shelli-Enn Freyzer-Prays (Yamayka, yugurish), Koxey Utimura (Yaponiya, sport gimnastikasi) va Yudzuru Xanyu (Yaponiya, figurali uchish).

Kiritildi: 14:18, 25.07.2024.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик