Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Azaliy orzu sari aniq harakat

Azaliy orzu sari aniq harakat

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

OFK ham O‘zbekiston futbolidagi o‘sishga aslo befarq qarayotgani yo‘q. Mana, tashkilotning rasmiy saytida damba-dam bu borada turli maqolalar, intervyular berilmoqda.

Jumladan, milliy jamoamiz menejeri Sherzod Egamberdiyev bilan uyushtirilgan suhbatga «O‘zbekiston futbol bo‘yicha JCHga chiqish orzusini ro‘yobga chiqarishga intilmoqda» sarlavhasi qo‘yildi: «O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 saralashi uchinchi bosqichi «A» guruhiga tushgach, o‘z oldidagi vazifani aniq-tiniq belgilab oldi - 2026 yilgi mundialga yo‘l olish. Jumladan, jamoa menejeri Sherzod Egamberdiyev bo‘lajak kampaniya muvaffaqiyat keltirishidan umidvor. 5 sentyabr kuni o‘z maydonida KXDR termasiga qarshi o‘yin bilan hal qiluvchi kvalifikasion dovonga kirishadigan O‘zbekiston milliy jamoasi guruhda 2ta avtomatik yo‘llanmadan birini «bron» qilish uchun yana Eron, Qatar, BAA va Qirg‘iziston drujinalari bilan kuch sinashadi. Xullas, maqsad o‘z-o‘zidan tayin - Kanada, Meksika va AQSH mezbonlik qiladigan JCH-2026da o‘ynash huquqini rasmiylashtirish».

- Saralashning ikkinchi bosqichida Eron termasi bilan 1ta guruhdan joy olgandik, qatarliklar bilan esa OK-2023da to‘qnash keldik. Shunday ekan, guruhdagi asosiy raqiblarni yaxshi bilamiz, dedi Egamberdiyev bo‘lajak kurash yuzasidan. Qol-gan jamoalar bilan ham tanishmiz. Umuman, yuqori darajadagi o‘yinlarga tayyormiz. Maqsadimiz ham ma’lum - mamlakat futboli tarixida birinchi marta jahon chempionatiga chiqish. Menimcha, logistika jihatidan yaxshi guruhga tushdik. Har holda, raqib jamoalar mamlakatlariga safarlar biz uchun nisbatan osonroq bo‘ladi. Uzoq parvozlar talab etilmaydi. 

O‘zbekiston futboli so‘nggi yillar ko‘tarilishda. Markaziy Osiyoning ushbu mamlakati terma jamoalari turli yosh toifalarida yaxshi natijalarga erishmoqda. Bu holat esa o‘zbek futboli ilk marta jahon chempionati final raundiga yo‘l olib, o‘z tarixida yangi sahifa ochishiga ishonch uyg‘otmoqda. Egamberdiyevning fikricha, O‘zbekiston milliy jamoasi «A» guruhida yetakchilikni qo‘lga olish va maqsad sari dalil odimlash uchun barcha imkoniyatlarga ega. Binobarin hujumchi Eldor Shomurodov Italiyada yaxshi natijalarga erishmoqda, Abduqodir Husanov Fransiya chempionati ishtirokchisi «Lans» himoyasida tajriba - Saralashning ikkinchi bosqichida Eron termasi bilan 1ta guruhdan joy olgandik, qatarliklar bilan esa OK-2023da to‘qnash keldik. Shunday ekan, guruhdagi asosiy raqiblarni yaxshi bilamiz, dedi Egamberdiyev bo‘lajak kurash yuzasidan. Qol-gan jamoalar bilan ham tanishmiz. Umuman, yuqori darajadagi o‘yinlarga tayyormiz. Maqsadimiz ham ma’lum - mamlakat futboli tarixida birinchi marta jahon chempionatiga chiqish. Menimcha, logistika jihatidan yaxshi guruhga tushdik. Har holda, raqib jamoalar mamlakatlariga safarlar biz uchun nisbatan osonroq bo‘ladi. Uzoq parvozlar talab etilmaydi. 

O‘zbekiston futboli so‘nggi yillar ko‘tarilishda. Markaziy Osiyoning ushbu mamlakati terma jamoalari turli yosh toifalarida yaxshi natijalarga erishmoqda. Bu holat esa o‘zbek futboli ilk marta jahon chempionati final raundiga yo‘l olib, o‘z tarixida yangi sahifa ochishiga ishonch uyg‘otmoqda. Egamberdiyevning fikricha, O‘zbekiston milliy jamoasi «A» guruhida yetakchilikni qo‘lga olish va maqsad sari dalil odimlash uchun barcha imkoniyatlarga ega. Binobarin hujumchi Eldor Shomurodov Italiyada yaxshi natijalarga erishmoqda, Abduqodir Husanov Fransiya chempionati ishtirokchisi «Lans» himoyasida tajriba oshirmoqda, Abbos Fayzullayev esa Rossiyaning SSKA klubi markaziy hududida bosh kreativ darajasiga chiqib ulgurdi: «Bizda yaxshigina yosh avlod futbolchilari bor. Ko‘ramiz, bundan nima chiqadi? Har qanday holatda ham, O‘zbekiston termasining maqsadi bitta - tarixda birinchi marta jahon chempionatiga chiqish. Oxirgi yillarda U-20 toifasidagi Osiyo kubogida g‘olib bo‘ldik, Olimpiadaga yo‘llanma oldik, U-17 termasi ham jahon chempionatida chakki taassurot qoldirmadi. Ayni payt Italiya va Fransiyada o‘ynayotgan futbolchilarga egamiz. Yaqin orada yana bir yigitimiz Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin,boshqasini Fransiyada ko‘rsak, ajabmas. Yevropa futboliga yuzlanish esa sifat oshishiga xizmat qilishiga shubha yo‘q. O‘ylaymanki, bo‘lajak bosqichda o‘z guruhimiz g‘olibi bo‘lish yoki yo‘llanmalardan birini qo‘lga kiritish uchun yetarlicha kuchlimiz».

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 26.07.2024.
O'qildi: 1442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.