"Atalanta" darvozaboni Pyerluidji Gollini "Monsa"ga o‘tadi, dedi insayder Fabrisio Romano.
Qayd etilishicha, tomonlar transfer bo‘yicha kelishib olgan. Futbolchiga Italiyaning yana bir qancha klublari ham qiziqish bildirishgan.
Gollini o‘tgan mavsumda "Atalanta" safida barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi.