"Bavariya" himoyachi Jonatan Ta uchun "Bayer"ga ikkinchi taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi Kicker nashri.
Manbaga ko‘ra, myunxenliklar klubi 28 yoshli germaniyalik futbolchi uchun 20 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, 5 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.
Futbolchining Leverkuzen bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan va u "Bavariya"ga o‘tish umidida shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.
2023/24 yilgi mavsumda Ta barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.