Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Parij-2024, dzyudo. Boltaboyevning ilk jangi bekor qilindi. Uning raqibida doping aniqlandi

Parij-2024, dzyudo. Boltaboyevning ilk jangi bekor qilindi. Uning raqibida doping aniqlandi

Baho:
+ | -

Parij Olimpiadasida ishtirok etishi kerak bo‘lgan iroqlik dzyudochi Sajjod G‘anim Sihin doping sabab musobaqalardan chetlatildi.

28 yoshli sportchining qonida metandiyenon va boldenon taqiqlangan moddalari topilgan. U 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida doping iste’mol qilgani uchun diskvalifikasiya qilingan birinchi sportchiga aylandi.

Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabariga ko‘ra, sportchining qon tahlili 23 iyul kuni Fransiyaning Parij shahrida olingan. Laboratoriya tekshiruvi natijalari 25 iyul kuni ma’lum bo‘lgan. Sajjod G‘anim Sihin ITA qarori ustidan Sport arbitraj sudiga shikoyat qilish huquqiga ega.

Iroqlik sportchi 81 kg vazn toifasida ishtirok etishi, 30 iyul kuni 1/16 final bosqichi doirasida o‘zbekistonlik Sharofiddin Boltaboyev bilan jang qilishi kerak edi. O‘zbekistonlik dzyudochi to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:22, 27.07.2024.
O'qildi: 4039 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик