Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Polshalik jurnalist Olimpiadaga bo‘lgan munosabati bois ishdan bo‘shatildi

Polshalik jurnalist Olimpiadaga bo‘lgan munosabati bois ishdan bo‘shatildi

Baho:
+ | -1

Polsha teleradiokompaniyasi Telewizja Polska boshlovchi Pshemislav Babiazni Olimpiada yakuniga qadar ishdan chetlatdi. Bu haqda Bild kompaniya bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Ochilish marosimida norasmiy Olimpiya madhiyasi hisoblangan “Imagine” qo‘shig‘i yangradi. Qo‘shiq matnida dunyo jannatsiz, millatsiz va dinsiz bo‘lishi kerakligi haqidagi g‘oya ifodalanadi.

Jonli efirda Babiaz kulib gapirdi: “Jannatsiz, millatsiz va dinsiz dunyo. Bu barcha odamlarga tegishli bo‘lishi kerak bo‘lgan dunyoning ko‘rinishidir. Afsuski, bu kommunizmning ham ko‘rinishidir”.

Ikki yil avval Pekinda (Xitoy) Qishki Olimpiya o‘yinlari ochilishida Babiaz xuddi shu ohangda “Imagine” qo‘shig‘ini masxara qilgan edi.

O‘shanda telekompaniya unga ogohlantirish bergan va endi boshlovchini Olimpiya o‘yinlarida ishlashdan butunlay olib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Kiritildi: 23:48, 27.07.2024.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик