Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Novak Jokovich Olimpiada qoidalarini tanqid qildi

Novak Jokovich Olimpiada qoidalarini tanqid qildi

Baho:
+ | -

Jokovich 1-davrada avstraliyalik Metyu Ebdenni mag‘lub etdi - 6:0, 6:1. Ebden yakkalik bahslarida britaniyalik Endi Marreyning o‘rnini egallagandi.

Avstraliyalik sportchi juftlik bo‘yicha ancha mashhur va bir necha yildan buyon yakkalik bahslarida o‘ynamagan.

Jokovich juftlik bahslarida qatnashib yurgan sportchi qanday qilib yakkalik musobaqasiga o‘rinbosar sifatida tayinlanganini tushunmayapti.

"Kimdir yakkalik bahslarini tark etishi va siz uning o‘rniga juftlik bahslari ishtirokchisini qo‘yganingiz men uchun mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

To‘g‘risini aytsam, bu sport uchun yaxshi ish emas deb o‘ylayman. Bu yerga kelish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lgan ko‘plab yakka tartibdagi kuchli o‘yinchilar bor.

Umid qilamanki, ITF va XOQ sportchini almashtirish qoidasini o‘zgartiradi, chunki Mett qiyin vaqtni o‘tkazdi. U ikki yildan beri yakkalikda o‘ynamagan", – dedi Jokovich. 

Kiritildi: 17:35, 29.07.2024.
O'qildi: 1104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик