"Real Madrid"ning 20 yoshli hujumchisi Alvaro Rodrigesga ispan va xorij klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Ammo futbolchining atrofidagilar potensial xaridorlar bilan muzokaralarni "muzlatib qo‘yishdi", chunki urugvaylikning o‘zi AQSHda asosiy jamoa bilan o‘ynash uning kattaroq klubga o‘tish imkoniyatini oshirishiga ishonadi.
Rodriges Transfermarkt portalida 20 million yevroga baholangan. Uning shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi.