"Al-Hilol" hujumchisi Neymar o‘tgan kuzda tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng formasini tiklashda davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda 32 yoshli futbolchi sport zalida ishlayotgan suratini chop etdi. Neymar uning futbol maydoniga qaytishini intiqlik bilan kutayotganini aytdi.
"Yana ish kuni, bir kun kamroq kutish", - deya suratga Neymar shunday so‘zlar bilan izoh qoldirgan.
Neymar “Al-Hilol” safida beshta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ularda braziliyalik bitta gol urdi va sheriklariga uchta golli uzatma berdi.