Bokschimiz Navbahor Hamidova Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Hamyurtimiz unda AQSH vakili Morelle Makkenega qarshi ringga ko‘tarilib, ajoyib g‘alabaga erishdi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun 3-avgust kuni jang qiladi.