«Barselona» yarim himoyachisi Gavining maydonga qaytish vaqti qisqardi, deya xabar berdi "Sport" nashri.
Xabarlarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi to‘p bilan faol mashg‘ulotlarga kirishgan. Barchasi shunday davom etsa, u oktyabr oyida maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.
"Transfermarkt" portali hozirda Gavini 90 million yevroga baholamoqda.